20 сентябрь, пайшанба Ob-havo Zira

Янгиликлар

Prezident Polsha xalqiga hamdardlik bildirdi 

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Polsha Respublikasi Prezidenti Bronislav Komorovskiyga ushbu davlatning janubida ro‘y bergan temir yo‘l fojiasi munosabati bilan hamdardlik izhor etdi.

Islom Karimov Vladimir Putinni tabrikladi 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vladimir Putinga Rossiya Federatsiyasi Prezidentligiga saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

Senat 23-24-mart kunlari yalpi majlis o‘tkazadi 

Oliy Majlis Senati Kengashi parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisini shu yil 23-24-mart kunlari chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Milliy aviakompaniya parki navbatdagi “Boing” bilan to‘ldi 

O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi parki yana bir “Boeing-767-300ER” bilan to‘ldi. U 29-fevral kuni “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

BMT Bosh kotibining maxsus vakili O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Miroslav Yencha Toshkentga tashrif buyurdi.

O‘zAAA va Microsoft hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladi 

Hujjat ta’lim sohasida birgalikda tashabbuslarni amalga oshirish va O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishni ko‘zda tutadi.

Navro‘z bayramiga Toshkentga yangi chex tramvaylari keladi 

13-fevral kuni Chexiyaning Pragoimex a.s. kompaniyasi O‘zbekistonga ikkita yangi Vario LF turdagi tramvaylarni jo‘natdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya ustidan g‘alaba qozondi 

29-fevral kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya ustidan tarixiy g‘alabaga erishdi. Bugunga qadar milliy jamoa Yaponiyani safarda mag‘lub eta olmagandi.

“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi qabul qilindi 

27-fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti “Mustahkam oila yili” Davlat dasturini tasdiqlaydigan qarorni qabul qildi.

“Registon” poyezdi qatnovi tiklandi 

24-fevraldan Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Registon” 2/1 sonli tezyurar poyezdi qatnovi qayta yo‘lga qo‘yildi.

1-martdan “Umra-2012” mavsumi ochiladi 

1-martdan 21-aprelgacha bo‘lgan davrga rejalashtirilgan “Umra-2012” bahorgi mavsumida musulmonlar qadamjosini 4000 nafar o‘zbekistonlik ziyorat qiladi.

Jizzaxda sel toshqinlarining oldini olish muhokama etildi 

26-fevral kuni Jizzax shahar hokimligida shahar hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel toshqin hodisalalarining oldini olishga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘ldi.

реклама