8 апрель, чоршанба Ob-havo Zira

Янгиликлар

Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi 

25-fevral kuni deputatlar «Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun qabul qildilar.

Toshkentda xalqaro ko‘rgazmalar ish boshladi 

«UzBuild-2014», «MebelExpo Uzbekistan-2014» va «Aqua-Therm Tashkent-2014» xalqaro ko‘rgazmalari 28-fevralgacha «O‘zekspomarkaz»da bo‘lib o‘tadi.

Elchilar Islom Karimovga ishonch yorliqlarini topshirdi 

Belarus, Latviya, Germaniya, Gruziya, Turkiya va Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlanganlar Oqsaroyda qabul qilindi.

BMT Bosh kotibining maxsus vakili O‘zbekistonga tashrif buyurdi 

BMT Bosh kotibining maxsus vakili Miroslav Yencha TIV'da qabul qilindi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Singapurga uchadi 

Toshkent-Singapur yo‘nalishi bo‘yicha qatnovlar apreldan bajariladi.

Prezident Navro‘z bayramini nishonlash to'g‘risidagi qarorga imzo chekdi 

Bayram barcha shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida «Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!» degan shior ostida o‘tadi.

O‘zbek paralimpiyachisi Osiyo rekordini yangiladi 

Dubayda paralimpiyachilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Gran­-pri turnirida Faxriddin Hamroyev 1500 metrni 4 daqiqayu 03,94 soniyada yugurdi.

Shahrisabzni rekonstruksiya kutmoqda 

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi.

Dzyudochi Shuhrat Arslonov Germaniyada bronzani qo‘lga kiritdi 

Shuhrat Arslonov Dyusseldorfdagi (Germaniya) Gran-Pri turnirida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Boks bo‘yicha yoshlar terma jamoasi Anapada oltita medalni qo‘lga kiritdi 

Rossiyaning Anapa shahrida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda ikkita kumush, to‘rtta bronza qo‘lga kiritildi.

Bolalar muzeylarga bepul kiradi 

O‘zbekistonda haftada ikki kun bolalar davlat muzeylariga bepul kirishi mumkin.

Kutubxona fondi elektron shaklga o‘tkaziladi 

«Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida «Milliy umumta’lim elektron kutubxona» loyihasi ko‘zda tutilgan.