Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarning mas'ul mansabdor shaxslar qabuliga internet orqali yozilish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda portal mamuriyati xabar bermoqda.

Foydalanuvchilar davlat organi rahbari qabuliga onlayn tarzda yozilish imkoniga ega bo'ldilar. Agar foydalanuvchi aynan qaysi tashkilot uning masalasini hal etishga mas'ul ekanligi hususida ma'lumotga ega bo'lmasa unda sohani tanlash yoki kalit so'zni kiritish yo'li bilan mas'ul tashkilotni topish imkoniyati mavjud.

Qonunga muvofiq fuqorolarni qabul qilish o’rnatilgan vaqt va saotda amalga oshiriladi. Qabul qilish tartibi esa tashkilot rahbarlari tomonidan belgilanadi. Shu boisdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali foydalanuvchilarga tashkilotda fuqorolarni qabul qilish tartibidan kelib chiqib qabul qilish vaqtlarini taklif qiladi.

Yangi joriy qilingan ushbu xizmat foydalanuvchilar tomonidan Yagona portalda joriy qilish uchun taklif qilingan xizmatlar orasida eng ko’p taklif qilingan xizmat hisoblanadi.