Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi «Farzandimga kitob sovg‘a qilaman» aksiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi.

Kengashda Gazet.uz'ga xabar berishlaricha, aksiya «Sog‘lom bola yili» munosabati bilan 2 aprel — «Xalqaro bolalar kitoblari kuni» amalga oshirilmoqda.

Kengash ota-onalarga ham shu kuni mazkur loyihada qatnashib, o‘g‘il-qizlariga kitoblar sovg‘a qilishini, Respublika bolalar kutubxonasiga a’zo bo‘lishlarini tavsiya etadi. Aksiya tashkilothilari poytaxt kitob do‘konlari ham loyihada faol ishtirok etadi degan umidda.