AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Fotima Sumar 16-19 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. AQSh elchixonasining axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, tashrif davomida AQSh-O‘zbekiston munosabatlarini yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga e’tibor qaratiladi.

Fotima Sumar keng ko‘lamli ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni, shu jumaladan, «Yangi ipak yo‘li» loyihasi doirasida iqtisodiy intgeratsiya masalasini muhokama qilish maqsadida Toshkentda hukumat va biznes soha vakillari bilan uchrashadi. Shuningdek, u Termizga borib, biznesmen va tadbirkor ayollar bilan chegara hududidagi savdo tajribalari xususida suhbatlashadi.