12-16-mart kunlari Malayziyada bo‘lib o‘tgan penchak silat yakkakurash sport turi bo'yicha xalqaro chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi ikkita oltin, uchta kumush va ikkita bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston penchak silat federatsiyasidan xabar berishlaricha, turnirda bir necha mamlakatdan kelgan 400dan ortiq sportsmenlar qatnashgan.

Birinchi o‘rinni Aziz Ibragimov va Jamol Nigmatov, ikkinchi o‘rinni — Farina Madiyarova, Ozodbek Ergashev va Hamdam Mirzalievlar, uchinchi o‘rinlarni esa Maqsadjon Muxtorov va Sitora Bobokalonovalar egallagan.