Malaysia Airlines aviakompaniyasining 8-mart kuni g‘oyib qolgan Boeing 777-200 samolyotini qidirishda ishtirok etayotgan mamlakatlar soni 14tadan 25tagacha chiqdi. Bu haqda yakshanba kuni Malayziya mudofaa vaziri, transport vaziri vazifasini bajaruvchi Hishamuddin Husayn ma’lum qildi.

Vazirning aytichisha, so‘ngi kunlarda Malayziya bosh vaziri Najib Tun Razzoq Bangladesh bosh vaziri, Turkmaniston prezidenti, Qozog‘iston prezidenti va Hindiston bosh vaziri bilan muzokaralar olib borgan.

Shanba kuni Malayziya Tashqi ishlar vazirligi layner ehtimoliy parvozining janubiy va shimoliy chegaralirda joylashgan mamlakatlar bilan bog‘langan.

Malayziya TIV yakshanba kuni vaziyat to‘g‘risida 22 mamlakat vakillariga, jumladan qidiruvga ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan barcha mamlakatlarga axborot bergan.

Ushbu mamlakatlar orasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Pokiston, Bangladesh, Hindiston, Xitoy, Myanma, Laos, Vetnam, Tailand, Indoneziya va Avstraliya bor.

Mudofaa vaziri o‘z chiqishida qdiruv ishlari yangi bosqichga o‘tganini va yanada murakkablashganini ta'kidladi.

Hishamuddin Husayn mamlakat bosh vazirining bir kun avvalgi fikrlarini takrorlab, samolyotning yo‘qolishi ataylab amalga oshirilganligi aytib o‘tdi, lekin qandaydir xulosalardan bosh tortdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya hukumati layner ekipajining barcha a’zolari va barcha yo‘lovchilari, shuningdek, samolyotga xizmat ko‘rsatgan yerdagi xodimlarga nisbatan ham surishtiruvni boshlagan.