17-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Bryusselda «O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

TIV axborot xizmatining xabar berishicha, Bryusselga tashrifi davomida Abdulaziz Komilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Yevropa Ittifoqi va Belgiya rasmiylari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi va muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan.