1-apreldan O‘zbekiston poytaxti aholisi va tashkilotlar uchun markaziy isitish hamda issiq suv ta’minoti tarifi 11,7 foizga oshadi.

«Toshkent oqshomi» gazetasida e'lon qilingan xabarda aytilishicha, issiq suv va markaziy istishga narxlarni o‘sishi elektr energiyasi va boshqa manbalarga narxlarning oshishi bilan bog‘liq.

Poytaxtda markaziy isitish uchun bir oylik tarif narxi turar joyning bir kvadrat metri uchun hozirgi 705,42 so‘mdan 787,95 so‘mgacha oshadi.

Issiq suv uchun yangi tarif hisoblagich bo‘lmagan taqdirda kishi boshiga 9860,67 so‘mni (hozir 8827,81 so‘m) va hisoblagich bilan bir kubometr uchun 2524,99 so‘mni (hozir 2260,51 so‘m) tashkil etadi.

Umumiy yotoqxonalarda istiqomat qiluvchilar kishi boshiga 7335,38 so‘m (hozir 6567,04 so‘m) to‘laydi.

Tashkilotlar uchun issiqlik energiyasi ulgurji tarifi bir Gkal uchun QQSsiz 44298 so‘m (hozir 39 658 so‘m) QQS bilan esa bir Gkal uchun 53157,6 so‘m (hozir 47 589,6 so‘m)dan iborat.

Sovuq suv ta’minoti uchun to‘lov keyingi oydan yangi tarif bo‘yicha o‘rtacha 10 foizga oshishi haqida avval xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, barcha kommunal xizmatlar odatda 1-aprel va 1-oktabrdan oshadi.