Tailandning Bangsayen shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari to‘rtta kumush va oltita bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasiga tayangan holda O‘zA ma’lum qilishicha, musobaqaning vazni 85 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida Sherzod Ma’rufjonov shtangani dast ko‘tarishda 111 kilogramm, siltab ko‘tarishda 142 kilogramm, ikkikurash natijasiga ko‘ra 253 kilogramm natija ko‘rsatib, uchta kumush medal bilan taqdirlandi. Fayzulla Nabiyev 77 kilogramm vazn toifasidagi atletlar o‘rtasida shtangani dast ko‘tarish musobaqasida 129 kilogramm natija bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Azimjon G‘aniyev va Zufar Qodirov o‘z vazn toifasida uchtadan bronza medalni qo‘lga kiritdi.