1-apreldan «Suvsoz» davlat unitar korxonasi Toshkent aholisi uchun suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlariga tariflarni 10 foizga oshirdi. Bayonotda aytilishicha, bu elektr energiyasi va boshqa manbalarga narxlarning oshishi bilan bog‘liq.

Yangi tarif bo‘yicha, markazlashgan issiq suv ta’minoti tizimiga bog'langan xonadonlar uchun hisoblagich bilan 1 kubometr uchun 294 so‘m (hozir 266 so‘m) deb belgilandi. xususiy uylarda esa kanalizatsiya xizmatini qo‘shganda bir kubometr uchun 212 so’mni (hozir 193), kanalizatsiyasiz 130 so‘mni (hozir 120 so‘m) tashkil qiladi.

To‘liq narxlar «Suvsoz» DUKning saytida.

Gazeta.uz'ga ma'lum bo‘lishicha, apreldan boshqa kommunal xizmatlar ham qimmatlashishi kutilmoqda.