Mashhur ukraina shoiri Taras Shevchenko tavalludining 200 yilligi munosabati bilan 12-mart kuni Respublika bolalar kutubxonasida Ukraina madaniyat markazi bilan hamkorlikda badiiy kecha bo’lib o’tdi
Adabiy-musiqiy tadbirga O‘zbekiston Baynalminal Madaniyat Markazi, O‘zbekistondagi ukrainaliklar, qrim-tatar, rus va boshqa milliy madaniyat markazlarining vakillari taklif etildi.

«Slavutich» Respublika Ukraina madaniyat Markazi raisi Vladimir Boyko Taras Shevchenkoning ijodi va hayoti to`g`risida gapirib o`tdi.

Tadbirda davomida Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Yuriy Savchenko so`zga chiqdi va Respublika bolalar kutubxonasi fondiga Shevchenkoning «Qo‘bizchi baxshi» mashhur asari va boshqa she'riy to‘plamlarining nusxasini topshirdi.

Tadbirning yakuni sifatida, O`zbekiston xalq artisti, Ukrainada xizmat ko`rsatgan artist Zinaida Solovey, Shevchenko asarlaridan parcha o`qib berdi. Poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Tolibjon Sadikov nomli madaniyat uyi rahbari Ganna Chuba boshchiligidagi «Lavanda» nomli Ukraina folklor ansambli ukraina xalq qo`shiqlarini xirgoyi qildilar.

Taras Shevchenko ham buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy singari o‘z vataniga adabiy til taqdim etgan. Shevchenkoning adabiy merosi ukraina adabiyotining asosi hisoblanadi. Shevchenko nafaqat shoir balki mohir rassom ham bo‘lgan va uning ko‘pgina asarlari bizgacha yetib kelgan.

O‘tgan asrning boshlarida Hamid Olimjon birinchilardan bo‘lib Shevchenkoning she'rlarini ukrainchadan o‘zbekchaga tarjima qilgan.