«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 11-martidan Kuala-Lumpur, Singapur, Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha maxsus arzonlashtirilgan tarif kiritdi.

Toshkent- Kuala-Lumpur, Toshkent-Singapur, Toshkent -Bangkok yo‘nalishi bo‘yicha chipta narxi 25 foizgacha arzonlashadi.

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun to‘lov Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha so‘mlarda amalga oshiriladi. Aksiya 25-mayiga qadar bajariladigan qatnovlarda amal qiladi.

Avval xabar qilganimizdek, kompaniya shuningdek, Toshkent-Nyu-York, Toshkent-Tokiyo, Tel-Aviv yo‘nalishidagi tariflarni ham arzonlashtirgan.