O‘zbekistonda 2015-yildan balog‘atga etayotgan qizlar odam papillomasi virusi (OPV)ga qarshi emlanadi.

Respublika bo‘ylab emlash dasturini amalga oshirishda Vaksina va immunizatsiya xalqaro alyansi (GAVI Alliance) yordam beradi. Bu haqda alyansning pres-relizida aytilgan.

Odam papillomasi virusiga qarshi emlash qizlarni bachadon bo‘yni saratonidan himoya qilishga yordam beradi.

GAVI Alliance tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu dastur 10 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan qizlarni qamrab oladi.

Emlash maktablarda va turar joylardagi tibbiy muassasalarida olib boriladi.

Bachadon bo‘yni saratoni — rivojlanayotgan mamlakatlardagi ayollar orasida yangi paydo bo‘lgan yomon shishishlardan yuzaga keladigan o‘limning asosiy sabablaridan biri.

Dunyo bo‘yicha yiliga 266 ming ayol bachadon bo‘yni saratoni natijasida vafot etadi, ularning 85 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Virusning oldi olinmasa, 2020-yilga kelib, qurbonlar soni yiliga 430 mingtagacha yetishi mumkin, shundan 95 foizi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.