Toshkent shahridagi Hamza tumani yangicha nomlanishi mumkin. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining Gazeta.uz'ga bergan ma'lumotlarga ko'ra, hozirgi paytda bu masala muhokama qilinmoqda.

Xabar berishlaricha, jamoatchilik va mutahassislardan Hamza tumani nomini o‘zgartirish to‘g‘risida kelib tushgan taklif hozirgi paytda tuman hokimiyati tomonidan o‘rganilmoqda. Undan so‘ng, bu masala Oliy Majlisda ham ko‘rib chiqilishi kerak.

Tuman yangi nomining variantlaridan biri sifatida Yashnobod taklif etilgan.

Hamza tumani 1968- yilda tashkil etilgan bo‘lib, shoir va teatr arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) sharafiga atalgan.