Toshkentda Frankofoniya kuniga bag‘ishlangan an’anaviy Fransuz tili va frankofoniya haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Fransiya elchixonasining matbuot xizmati xabar berishicha, haftalik tadbirlari 18-19- mart kunlari O‘zbekistondagi Fransuz Institutida bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirlarni Xalqaro Frankofoniya tashkilotiga (XFT) a’zo davlatlarining elchixonalari o‘tkazadi.

Haftalik dasturida fransuz tilidagi kino va spektakllar namoyishi, turli so‘vrinlar, xususan Fransiyaga sayyohatni yutib olishga imkoniyat beruvchi konkurslar va boshqa tadbirlar ko‘zda tutilgan.

77 ta mamlakat va hukumatlar XFT a’zolari hisoblanadi. Dunyoda 220 milliondan ziyod inson fransuz tilida so‘zlashadi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha fransuz tili dunyoda beshinchi, Evropa Ittifoqida esa ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda fransuz tilini 400 mingga yaqin talaba va o‘quvchilar o‘rganadi.