5-9- mart kunlari Germaniyaning Berlin shahrida «ITB Berlin» xalqaro turizm ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati ham keng namoyish etiladi.

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasining saytida aytilishicha, O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini jahonga keng tanitish maqsadida ko‘rgazmada 40dan ziyod o‘zbek turistik firma va kompaniyalar faol ishtirok etadi. Ular sayyohlik sanoatining barcha zamonaviy yo‘nalishlarini taqdim etadilar.

«O‘zbekiston» stendi ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlari e’tiborini jalb qilish uchun sharqona dizayn, milliy matolar va atributlar bilan bezatiladi.