Fransiyadagi Tuluza 1 Kapitoliy universitetining vitse-prezidenti Silven Perudzetto 26-28- fevral kunlari tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.

Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi taklifi bilan amalga oshirilgan tashrifdan ko‘zlangan maqsad Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikni rivojlantirishdan iborat edi, deyiladi Fransiya elchixonasi matbuot xizmati xabarida.

Tomonlar o‘zaro talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni, birgalikda tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va Yevropa loyihalarida ishtirok etishni rejalashtirishmoqda.

Yaqin orada ikki universitet o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolanishi kutilmoqda.