Toshkentda VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi. Bu haqidagi Vazirlar Mahkamasining qarori Lex.uz’da e’lon qilindi.

VIII Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini ikki bosqichda o‘tkazish rejalashtirilgan.

2014-yilning mart-iyun oylarida o‘tkaziladigan Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining birinchi bosqichi doirasida hududiy va tarmoq sanoat yarmarkalari bo‘lib o‘tadi. Ular bilan bir O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlari yarmarkalarida mahalliy korxonalar ishtirok etdi.

Sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasining ikkinchi, 28-oktyabrdan 1-noyabrgacha bo‘lib o‘tadigan bosqichida muhim sanoat tarmoqlarining salohiyat va imkoniyatlari, ishlab chiqarish yangiliklari hamda turli mahsulotlar namoyish etiladi. O‘zbekiston sanoat kompleksining yetakchi korxonalari o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarish sektorlari bo‘yicha taqdim etadi. Kommunal xo‘jalik, transport, kapital qurilish va qurilish sanoati, mashinasozlik, mahsulotni standartlashtirish, geologiya, kimyo, elektr texnika, neft-kimyo, metallurgiya sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar kabi sohalar korxonalari keng tanishtiriladi.