RIA Novosti — Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eron yadroviy qurol ishlab chiqarmasligini e’lon qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Mudofaa vazirligida bo‘lib o‘tgan majlis vaqtida, Ruhoniy yadroviy bombani ishlab chiqishdan voz kechish qarori «ma’naviy qarashlar»ga asoslanadi. Prezidentning qayd etishicha, agar Eron ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lish niyati bo‘lganida, ishlab chiqishi ancha oson bo‘lgan kimyoviy yoki bakteriologik qurolga ega bo‘lar edi.

Avvalroq, Eronning oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomeyniy mamlakatda yadroviy qurolni taqiqlovchi fatvo chiqargan edi. Xomeyniyning so‘zlariga ko‘ra, bunday qurolga ega bo‘lish gunoh hisoblanadi.

AQSh va bir qator G‘arb mamlakatlari Eronni yadroviy qurolga ega bo‘lishga urinishda gumon qilib kelishadi, Tehron esa bu gumonlarni muntazam rad etib kelmoqda.