5-mart kuni «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2015 O‘zbekiston- Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari o‘rtasidagisaralash bahsi chiptalari 28-fevraldan sotuvga chiqdi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, chiptalarni «Bunyodkor» stadionining kassalaridan sotib olish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni Click.uz dasturi yordamida onlayn websayt orqali yoki Android va iOS asosidagi mobil telefonlar ilovasi orqali ham sotib olish mumkin.