28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Navtedj Sarnuni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, Navtedj Sarnu O‘zbekistonga maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan.

Muloqot chog‘ida bugungi kunda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Hindiston TIVlari ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, oliy ta’lim, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, san’at, turizm va boshqa ko‘plab sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashishga tayyor ekanligini qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar, xususan Afg‘onistondagi vaziyatning tadriji yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.