15-23- fevral kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan «Aleksandr Glazunov» nomidagi altchi, g‘ijjakchi va violonchel chaluvchilar uchun VIII Xalqaro tanlovda o‘zbekistonlik yosh musiqachilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berishicha, tanlovda R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi hamda Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatidagi bolalar musiqa va san’at maktabining yosh iqtidorli o‘quvchilari qatnashdi.

Xususan, Dilshod Narzullayev, Irodaxon Azizova, Muhammadali Ahrorov, Bobur Muhammadjonov, Xurshida Mamasodiqova, Abbos Raimaliyev, Shaxobiddin Nabiyevlar ushbu nufuzli xalqaro tanlovda 1-o‘rinni egallagan bo‘lsalar, Asalxon Yusupova 2-o‘rinni, Darya Belyakova va Behruzjon Jo‘rayev va Farangiz Jo‘rayevalar 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro tanlovda dunyoning 11 ta mamlakatidan 50 dan ortiq musiqachilar ishtirok etdi.