Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan sudlan(ma)ganlik to'g‘risidagi ma'lumotnomani onlayn tarzda olish mumkin bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sudlan(ma)ganlik to'g‘risidagi ma'lumotnomani olish uchun fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklni to‘ldirib, IIV Axborot markazi'ga murojaat qilishlari mumkin.

Ushbu murojaat IIV Axborot markazining ma'sul xodimlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hujjat xatosiz to‘ldirilgan bo‘lsa, arizachiga SMS xabarnoma yuboriladi. Ushbu SMSda ma'lumotnomani olib ketish uchun aniq muddat ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ushbu xizmatdan, YIDXPning boshqa xizmatlari kabi, ID.UZ yagona indentifikatsiya tizimidan PassportID maqomi bilan ro`yxatdan o`tgan yoki elektron raqamli imzoga ega bo`lgan fuqarolar foydalana oladilar.