O‘zbekistonda seshanba va juma kunlari bolalar davlat muzeylariga bepul kirishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, aholini muzeylarga jalb qilish uchun mamlakat bo‘ylab har yili Muzey haftaligini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Vazirlar Mahkamasining «Davlat muzeylarining bolalar va ota-onalari uchun hammabopligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 19-fevral kuni tasdiqlangan «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturida nazarda tutilgan.

Joriy yilning ikkinchi choragida loyihasi ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan qaror loyihasi aholining, ayniqsa, o‘quvchilarning mazmunli dam olishini ta’minlash, shuningdek ularda o‘tmishga va tarixiy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.