20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Liszeni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabari berishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va XXR o’rtasidagi transport, telekommunikatsiya, sanoat, energetika va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni aynada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta'kdiladilar.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalar, ayniqsa, oliy ta’lim, fan va texnologiyalar, sog‘liqni saqlash, san’at, turizm va boshqa ko‘plab sohalarda samarali hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashishga tayyor ekanligini qayd etdilar.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.