RIA Novosti — Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich va muxolifat liderlari Arseniy Yatsenyuk, Vitaliy Klichko va Oleg Tyagnibok bilan sulh tuzib, bevosita muzokaralarni boshlashga kelishib olishdi. Bu haqda Ukraina prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar birinchidan vaqtincha yarashga, ikkinchidan mamlakatdagi bo‘xronga barham berish, qon to’kilishni oldini olish uchun muzokaralarni boshlashga kelishib olishdi.

Uchrashuvda qatnashgan sobiq Iqtisod vaziri Arseniy Yatsenyuk o‘z tarafdorlariga Maydonda hujum yushtirish rejasi bekor qilinganini bildirdi.

Kiyev markazida prezident Yanukovichga qarshi norozilik namoyishlari o‘tgan yilning noyabr oyidan beri davom etmoqda. Namoyishchilar Ukrainada 2004-yildagi konstitutsiya va parlamentar-prezident boshqaruv tizimini qayta tiklashni talab qilmoqda.