20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Namik Guner Erpulni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabari berishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiyaning o’rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berish dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan iqtisodiy, madaniy, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, kelajakdagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaning O'zbekistondagi oldingi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sertach So'nmezayn o‘z diplomatik vakolatini yanvar oyida tugatgan edi.