RIA Novosti — Facebook ijtimoiy tarmoqi smartfonlar uchun mo‘ljallangan WhatsApp messenjerini 16 mlrd dollarga sotib olmoqchi, deb xabar bermoqda France Press axborot agentligi Facebook bayonotiga tayangan holda.

WhatsApp uchun dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq 4 mlrd dollar naqd pul va 12 mlrd — aksiyalar bilan to‘lamoqchi. Undan tashqari, kelishuv doirasida, WhatsAppning CEO‘si va ham-ta’sischisi Yan Kum Facebook direktorlar kengashi tarkibiga kiritiladi, va unga 3 mlrd dollar miqdorida Facebook aksiyalari taqdim etiladi.

Facebookning bayonotida aytilishicha, kompanyaning WhatsApp mobil qurulmasining funksionali va brendiga o‘zgartirishlar kiritish niyati yo‘q.

2009-yilda tashkil etilgan WhatsApp 2013-yil oxiriga kelib 400 milliondan oshiq foydalanuvchilariga ega edi. AP ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda WhatsApp’dan bir oyda 450 millionga yaqin inson faol foydalanadi.