Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion kompaniyalari bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 10 nafar kishiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqa. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu shaxslar «qalbakilashtirish va noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan O‘zbekistonda va uning tashqarisida turli firmalarni tuzib, noqonuniy daromad olish va jinoiy daromadlarni qonuniylashtirish bilan shug‘ullanishgan, soliq to‘lovlaridan bo‘yin tovlashgan, xorijiy valyutalarni yashirib, ularni O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish bilan shug‘ullanishgan».

Buning natijasida, tergov harakatlari ko‘rsatishicha, davlatga va ayrim kompaniyalarga juda katta miqdorda zarar yetkazilgan.

"Tergov yakunlariga ko‘ra, javobgarlikdan qochib qutula olmaslik va qonun oldida tenglik tamoyillarining amalga oshirilishi ta’minlanadi ", — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Avvalroq Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion kompaniyalari bilan bo g‘liq jinoiy ish doirasida Rustam Madumarov, Gayane Avakyan va Yekaterina Klyueva prokuraturaga majburiy olib kelinganligi haqida xabar berilgan edi.