O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 18-fevral kuni Gruziyaning O‘zbekistonda Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Konstantin Jgentini qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabar berishicha, yangi elchi vazirga ishonch yorlig‘ining nusxalarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Gruziya siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligini ta'kidladilar. Xamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohyatning mavjud ekanligi qayd etildi.