Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion kompaniyalarining mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida bir qator shaxslar 17- fevral kuni tergovga majburiy keltirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda ta'kidlanishicha, Rustam Madumarov, Gayane Avyakyan va Yevgeniya Klyuyeva protsessual harakatda ishtirok etishini ta’minlash maqsadida, Jinoyat-protsessual kodeksining 261-264 moddalarida ko‘zda tutilgan tartibda, yani majburan prokuraturaga keltirilgan.

Terra Group, Prime Media va Gamma Promotion kompaniyalarining ushbu mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi («soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etish»), 178-moddaning 2-qismi "v" bandi («chet el valyutasini bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yashirish») va boshqa JK moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.