O'zbekiston futbol bo'yicha terma jamoasining sobiq bosh murabbiysi Vadim Abramov Toshkentdagi «Lokomotiv» FK bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda «Lokomotiv» FK rasmiy saytidae'lon qilingan.

Shu kungacha jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajarib kelgan Hakim Fuzaylov Osiyo Chempionlar ligasining gurux bosqichiga chiqish vazifasi bajarilmagandan so‘ng o‘z lavozimidan ozod etildi.

Klub tarqatgan bayonotda aytilishicha, Vadim Abramov va futbolchilar oldida ushbu mavsumda yuqori maqsadlar qo‘yilgan.

O'tgan yilning noyab oyida Vadim Abramov Qozog‘istonning «Ostona» klubi bosh murabbiyligiga tayinlangan edi. Lekin ikki hafta so‘ng klub prezidenti Esmuhamad Spanov o‘z lavozimini tark etganligi sababli, murabbiy bilan tuzilgan og‘zaki shartnoma bekor qilingan edi.