O‘zbekistonlik ilk ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minova 9-fevralda tugallangan Moscow Open-2014 xalqaro shaxmat festivalining kumush medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar berdi shaxmat sayti «Magichess».

Nafisa Mo‘minova grossmeyster talaba qizlar o‘rtasidagi turnirda ikkinchi o‘rinni egalladi, uning hisobida to‘rt g‘alaba, to‘rt durang va reytingiga 21 bal qo‘shimcha.

20 yoshgacha yuniorlar o‘rtasidagi 2013-yil O‘zbekiston chempioni Roman Golubev, eng ommaviy (337 ishtirokchi) turnirda sovrinli 10 o‘rinni (jami 20ta so‘vrinli o‘rinlar ) qo‘lga kiritdi. Roman Golubev oltita o‘yinni g‘alaba bilan, ikkitasini durang bilan yakunladi va 9 baldan 7 bal oldi.

Shaxmat festivalining eng kuchli turniri «Erkaklar o'rtasida Rossiya kubogi-2014»da qatnashgan yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi, Temur Igonin, to‘rt bal jamg‘arib, o‘z reytingiga yana 30 punk qo‘shdi. «Ayollar o‘rtasida Rossiya kubogi-2014»da qatnashgan Gulruhbegim Toxirjonova 5,5 bal to‘plab, o‘zidan reytingi yuqori bo‘lgan shaxmatchilarga yutqazdi.

Moscow Open — 2014 doirasida o‘tkazilgan 10 turnirda dunyoning turli mamlakatlaridan jami 1800 sportsmen qatnashdi.