RIA Novosti — Qozog‘istonda vaqti kelib mamlakat nomi «Qozoq eli»ga o‘zgartirilishi mumkin, deb aytdi Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Atirau viloyatiga tashrifi chog‘ida.

«Mamlakatimiz nomi oxirida, Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari qatori, „iston“ qo‘shimchasi bor. Ayni vaqtda xorijliklar Mo‘g‘ulistonga (chet tillarida Mongolia) qiziqish bildirishmoqda, uning nomi oxirida „iston“ qo‘shimchasi bo‘lmasa ham. Vaqti kelib, mamlakatimiz nomini „Qozoq elі“ga o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqish kerakdir, ammo, albatta xalq bilan maslahatlashgan holda», — deya tushuntirdi Nursulton Nazarboyev.

Prezident Qozog‘iston birligi va bag‘rikenligini saqlab qolsa, o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlarga erisha olishiga ishonch bildirdi.

«Bizning ustunglimiz — ko‘p millatli xalqimizning rang-barangligida», — deya ta'kidladi Qozog‘iston rahbari.