Xalqaro sport kurashlari federatsiyasi (FILA) prezidenti Nenad Lalovich Toshkentga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.

Tashrifdan maqsad — sentyabr kunlari Toshkentda ilk bor erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslariga tayyorgarlik ishlari bilan bevosita tanishish.

FILA rahbari tashrif davomida jahon chempionati bellashuvlari o‘tadigan sport inshooti, shuningdek, FILA rahbariyati, hakamlar, sportchi va murabbiylar istiqomat qiladigan mehmonxonalar bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Nanad Lalovich Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktabi hamda qator sport saroylariga tashrif buyurdi.