Tadbirkorlar va investorlar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiylar va savdo vaziriga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilishlari mumkin. TIAISV matbuot xizmatining xabar berishicha, bunday imkoniyat vazirlikning rasmiy http://www.mfer.uz saytida mavjud.

Xabarda aytilishicha, tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar va investorlar qonuniy manfaatlari va haq-huquqlari buzilishi hamda hal etilmayotgan hollar bilan to’qnash kelganda murojaat yuborishlari mumkin. Shungdek, vazir biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish haqidagi takliflar va mulohazalarni ham ko‘rib chiqishga tayyor. Bunday takliflar vazirlik faoliyatida e’tiborga olinadi.

Vazirga ariza va shikoyatlarni 238-50-00 (Toshkent) telefon raqamlariga qo’ng’iroq qilgan holda yuborish ham mumkin.

«Har bir murojaat ro’yxatdan o’tkaziladi va nazoratga olinadi. Barcha yuborilgan murojaatlar bo’yicha tegishli choralar ko’riladi», — deb ta'kidlangan axborotda.

Vazirlik va idoralarning rahbarlari bilan to‘gr'idan-to‘g‘ri muloqotni joriy yilning 17-yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2013-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishdan so‘ng kirita boshlashdi.

Yig‘ilishda Prezident Islom Karimov biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hukumatning 2014-yilda real iqtisodiyotni isloh etishda eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur ekanligini aytgan edi.