25-28- yanvar kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari hukumat delegatsiyalari ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda ikki davlat chegaralarining ba'zibir punktlaridagi chegara chizig‘ining loyihasi va tegishli xaritaviy materiallarni ko‘rib chiqishni davom ettirdilar. TIV matbuot xizmatini ta'kidlashicha, uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.