O‘zbekistonda 1-fevraldan nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tomonidan boshqa yuridik yo‘ki jismoniy shaxslarni qo‘riqlash va ularning havfsizligini ta'minlash xizmatlarini amalga oshirish taqiqlanmoqda.

Gazeta.uz'ga bir qator xususiy qo‘riqlash agentliklari va IIV tizimidagi ma'nbalar xabar berishicha, bunday taqiq Vazirlar Mahkamasining 24-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida qo'riqlash xizmatlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan. Qo‘riqlash agentliklari rahbarlari bu o‘zgartishlar haqida dushanba kuni hokimiyatda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xabar topdilar. Ularning ko‘pgina xodimlari hamon bu yangilikdan bexabar.

Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan, xususiy qo‘riqlash agentliklar faoliyatini to‘xtatish haqidagi ushbu qaror «qo'riqlash xizmatlarini tartibga solish, jamoat havfsizligini ta'minlash, yuridik va jismoniy shaxslarning huquq va erkinliklarini g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilish» maqsadida qabul qilingan.

Davlat va xo‘jalik organlari, byudjet tashkilotlari uchun qo‘riqlash xizmatlarini endi faqat O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi huzuridagi «Qo'riqlash» birlashmasi amalga oshiradi.

Hujjatda xususiy qo‘riqlash agentligi xizmatidan foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga ham IIV huzuridagi «Qo'riqlash» birlashmasi xizmatlaridan foydalanish tavsiya etilgan.