O‘zbekiston futbol Federatsiyasi matbuot xizmati o‘z Twitter'ida U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudovning iste’foga chiqarilgani haqida matbuotda tarqalgan xabarlar asossiz ekanligi xaqida xabar berdi.

Bunday taxminlar terma jamoaning Ummonda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng paydo bo‘lgan edi.

Terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonovga ko‘ra, Shuhrat Maqsudov mazkur terma jamoa bilan ishlashda davom etadi.

O‘FF matbuot xizmati 23-yanvarda bo‘lib o‘tgan murabbiylar kengashi majlisida, aynan Maqsudov boshchiligidagi terma jamoa uchun yangi ish rejasi tuzish masalasi ko‘rib chiqilganligini haqida qo‘shimcha qildi.