22-27- yanvar kunlari AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) O‘rta Osiyo mintaqaviy missiyasing yangi rahbari Jonatan Eddlton O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi.

AQSH elchixonasining xabar berishicha, Jonatan Eddlton O‘zbekistonda hukumatning bir qator yuqori mansabdor shaxslari va fuqarolik jamiyatining vakillari bilan uchrashadi. Uchrashuvlarda ikkitomlama hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashildi.

AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi O‘zbekistonda 1993-yildan faoliyat yuritib keladi. Hozirgi paytgacha O‘zbekistonga agentlik tomonidan turli loyihalar doirasida 320 mln AQSH dollarida yordam berilgan.