2013 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiyoti o‘sishi kutilganidan kam bo‘ldi, biroq 2014-2015- yillarda jonlanish kutilmoqda. Bu haqda BMT mutaxassislari tomonidan tayyorlangan «Dunyo iqtisodiyoti holati va 2014-yilgi istiqbollar» nomli hisobotda qayd etilgan.

O‘tgan 2013 yilda MDH mamlakatlari va Gruziya iqtisodiyoti atigi 2,0 foizga o‘sgan. Taxminlar bo‘yicha, 2014-yilda bu ko‘rsatgich 3,4 foizgacha oshadi, 2015-yilda esa 4,1 foizga yetadi.

MDH va Gruziya davlatlarning aksariyati moliyaviy inqiroz oqibatlarini bartaraf etish maqsadida byudjet va pul-moliya siyosatiga daxldor chora-tadbirlar ko‘rishni davom ettirdi. So‘nggi ikki yilda bu davlatlarning aksariyat qismida, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarida, murakkab tashqi ta’sirlar hamda ichki muammolar tufayli YaIM o‘sish sur’atining sekinlashgan bo‘lsa ham, barqaror o‘sish kuzatildi.

Ekspertlar fikricha, O‘rta Osiyo mintaqasida va umuman barcha MDH davlatlari orasida YaIM o‘sish sur’atlari bo‘yicha 2014-2015- yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilar qatorida bo‘ladilar. O‘zbekistonda 2014-yilda YaIMning o‘sishi 7,1 foizni, 2015-yilda esa 7,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.

Turkmaniston infratuzulmasini jadal rivojlantirganligi va energoresurslarini qazib olish hajmini ko‘paytirgani sababli MDH davlatlari orasida YaIM o‘sishi bo‘yciha birinchi o‘rinda turibti. 2014 va 2015- yillarda Turkmanistonda YaIM o‘sishi 9,5 foizda kutilmoqda.

Qozog‘istonda YaIM o‘sishi 2014- va 2015- yillarda 6 foiz, Qirg‘izistonda 7 va 6,5 foiz, Tojikistonda esa 6,5 foizni tashkil etadi.

BMT ekspertlari ta'kidlashicha, barcha MDH mamlakatlari hamon jiddiy iqtisodiy havflarga duchor bo‘lmoqdalar va iqtisodiyotdagi tuzulmaviy muammolarni bartaraf etishlari kerak. Hususan, milliy iqtisodiyotlaridagi energetik va qazib olish sanoatlar salmog‘ini kamaytirish uchun sanoatlarini diversifikatsyalashlari kerak. To'g‘ridan to‘gri chet el investitsiyalar va sarmoyalar oqimining beqarorligi ham mintaqa uchun qo‘shimcha xavf tug‘dirmoqda.