23-26-yanvar kunlari Toshkentda 10-turk kinosi kunlari bo'lib o‘tadi. Turkiya elchixonasining Madaniyat va turizm ishlari maslahatchisi Jihan Varlikning so‘zlariga ko‘ra, haftalik uchun filmlar mahalliy tomoshabinning qiziqish va talablari asosida sinchiklab tanlangan.

Turk kinosi haftaligida tarixiy mavzudagi «Fetih 1453», chiptalar sotish bo‘yicha rekord qo‘ygan «Vizontele Tuuba» va «Quyoshning o‘g‘li» kinoasarlari namoyish etiladi.

Filmlar «Radisson SAS» mehmonxonasida o‘zbekcha subtitrlar bilan turk tilida namoyish etiladi. Barcha seanslarga kirish bepul.