O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlarining ish samaradorligini oshirishga qaratilgan va vakolatlarini kengaytiradigan choralar qabul qilindi. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonunga tegishli o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risidagi qonunni Prezident Islom Karimov 20- yanvar kuni imzoladi.

Kiritilgan qator o'zgartish va qo'shimchalardan ko‘zlangan asosiy maqsad partiyalarning joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni yechishdagi roli va mas'uliyatini yanada oshirish, saylovchilar manfaatlarini ifodalashning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdir.

Jumladan, qo‘shipartiya guruhini tashkil etish tartibi va shartlari belgilanib, partiya guruhlariga tegishli hududda joylashgan davlat organi rahbarining hisoboti yoki axborotini mahalliy kengash sessiyalarida eshitish haqida takliflar kiritish kabi huquqlar berilmoqda.

Qonunning to‘liq matni bilan «Xalq so‘zi» gazetasida tanishish mumkin.