15- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Berlinda) Durbek Amanov Ispaniya qiroli Xuan Karlos I ga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar beradi.

Marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xuan Karlos I Ispaniyaning O‘zbekiston bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro aloqalarni jadallashtirishdan manfaatdorligini ta'kidladi.

Xamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohyatning mavjud ekanligi qayd etildi.