15-20- yanvar kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari hukumat delegatsiyalari ishchi guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Uchrashuvda ikki davlat chegaralarining ba'zibir punktlaridagi chegara chizig‘ining loyihasi va tegishli xaritaviy materiallar ko‘rib chiqildi. TIV matbuot xizmatini ta'kidlashicha, uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tdi.

Tomonlar keyngi uchrashuvni Qirg‘izistonda o‘tkazishni kelishib olishdi.