Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Patritsiya Flor boshchiligidagi delegatsiya 21-23 yanvar kunlari Toshkentda muzokara olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida uchrashuvlar o‘tkazadi. Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama etiladi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Patritsiya Flor 2013 yil mart va aprel oylarida ham Toshkentga tashrif buyurgan edi.