O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Ummonda futbol bo‘yicha Osiyo chempionati "D" guruhi, uchinchi o‘yinida Saudia Arabistonga 0:1 hisob bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiya matbuot xizmati o‘z Twitter'i orqali xabar berdi.

O‘yinning yagona golini 59 daqiqada arablarning hujumchisi Zakaryo al-Sudaniy urdi va shu bilan Shuhrat Maqsudov shogirdlari Osiyo chempionatining chorak finaliga chiqishi umidini puchga chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo chempionatining D guruhdagi avvalgi o‘yinlarida birinchi hrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyni 2:1 hisobi bilan yutgan edi, Iroqqa esa 1:2 mag‘lub bo‘lgan edi.

AFC U-22, Ummon, D guruhi: Saudia Arabistoni-O‘zbekiston — 1:0. Gol muallifi: Zakaryo as Sudaniy (59).