15- yanvar kuni Qirg‘izstonda O‘sh shahar meri saylovi bo‘lib o‘tdi. «Bishkek oqshomi» saytining xabar berishicha, unda shahar merligiga Aytmamat Qadirbayev saylandi.

O‘sh shahar Kengashi deputatlari o‘zlarining navbatdan tashqari majlisida shahar meri sayladilar. Xududiy saylov komissiyaning ma’lumoti bo‘yicha, qutidan jami 45 byulleten olinib, bittasi yaroqsiz deb topilgan.

Deputatlar ovoz berishi natijasida ko‘pchiik koalitsiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Aytmamat Qadirbayevga 45 deputatdan 25 tasi ovoz bergan. «Uluttar birimdigi» nomzodi, sobiq shahar meri Melis Mirxzaqmatovni 19 deputat qo‘llagan. Natijada hududiy saylov komissiyasi O‘sh shahar merligiga A.Qadirbayev saylandi, deb e’lon qilgan.

Shu kuni Bishkek shahrining merligiga ham saylvov bo‘lib o‘tdi. Unda Quvonichbek Qulmatov Bishkek shahrining meri etib saylandi.