O‘zbekiston yoshlar yoshlar terma jamoasi Ummonda futbol bo‘yicha Osiyo chempionati "D" guruhi, ikkinchi turida Iroqqa 1:2 hisob bilan mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiya matbuot xizmati o‘z Twitter'i orqali xabar berdi.

O‘yinning birinchi taymida O‘zbekiston terma jamoasi ikki golni (9- va 38- daqiqalarda) o‘tkazib yubordi. Ikkinchi bo‘limda Shuhrat Maqsudov shogirdlari hisobni tenglashtirishga astoydil uringan bo‘lsalar ham (Jamshid Iskandarov, 63- daqiqa), buni uddasidan chiqa olmadilar.

Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni Osiyo chempionatining D guruhdagi birinchi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyni2:1 hisobi bilan yutgan edi.

AFC U-22, Ummon, D guruhi: Iroq-O‘zbekiston — 2:1. Gol mualliflari: Marvan Xuseyin (9), Mustafo Jariy (38) — Jamshid Iskandarov (63).